Bitcoin 78 000 dollardan keyin pasaydi, ammo yirik investorlar xaridni toʻxtatmayapti

Bitcoin 78 000 dollardan keyin pasaydi, ammo yirik investorlar xaridni toʻxtatmayapti

Bitcoin (BTC) narxi toʻrtinchi hafta davomida konsolidatsiya bosqichida qolmoqda. Kriptovalyuta 74 000 dollar darajasida qoʻllab-quvvatlashga (support) va 78 000 – 80 000 dollar oraligʻida qarshilikka (resistance) duch kelmoqda. Hyblock tahlilchilariga koʻra, kunlik savdolarda narxning 78 164 dollargacha koʻtarilishi koʻplab treyderlar uchun oʻz pozitsiyalarini zararsiz yopish imkonini bergan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Likvidlik xaritasiga koʻra, hozirda eng katta likvidlik klasterlari 75 675 va 75 700 dollar atrofida shakllanmoqda. Bu darajalar Bitcoin narxi uchun oʻziga xos "magnit" vazifasini oʻtab, yaqin vaqt ichida bozor harakatini belgilab berishi mumkin. Mutaxassislar ushbu nuqtalarda likvidlik tez surʼatlar bilan oʻsib borayotganini qayd etishmoqda.

Bitcoin narxi 78 000 dollar darajasidan yuqorida mustahkamlanib qola olmagan boʻlsa-da, yirik investorlar (kitlar) faolligini oshirgan. Blockstream bosh direktori Adam Back xabar berishicha, bir yirik investor TWAP (vaqt boʻyicha oʻrtacha narx) usulidan foydalanib, soʻnggi 8,5 kun davomida har kuni 450 tadan "arzon Bitcoin" sotib olmoqda.

Hozirgi bozor holati fyuchers bozoridagi sotuvlar bosimi va spot bozordagi xaridorlar oʻrtasidagi kurashni aks ettirmoqda. Derivativlar orqali amalga oshirilayotgan sotuvlar narxga bosim oʻtkazayotgan boʻlsa-da, spot bozordagi xaridorlar ushbu hajmni oʻzlashtirib, 74 000 dollarlik qoʻllab-quvvatlash darajasini mustahkamlamoqda.

Buyurtmalar kitobi (orderbook) maʼlumotlari 77 700 dollardan boshlab sotuvchilar faollashganini, 78 000 – 80 000 dollar oraligʻida esa taklif yanada ortishini koʻrsatmoqda. Bu esa Bitcoin yaqin kunlarda ushbu narx oraligʻida kuchli qarshilikka duch kelishini anglatadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.