Oʻzbekistonda onlayn qimorni reklama qilgan blogerlar, vaynerlarga nisbatan tekshiruv boshlangan

Oʻzbekistonda onlayn qimorni reklama qilgan blogerlar, vaynerlarga nisbatan tekshiruv boshlangan
Oʻzbekistonda bukmeykerlik xizmatlarini amalga oshirish va ularni reklama qilish taqiqlangan. Shunga qaramay, Instagram ijtimoiy tarmogʻida ayrim oʻzbekistonlik blogerlar onlayn qimorni reklama qilishi holatlari aniqlangan.

Xususan, «Shoqqi vines» akkaunti foydalanuvchisi qimor va tavakkalchilikka asoslangan veb-saytlarni targʻib qiluvchi ma'lumotlar tarqatib kelayotgani ma'lum boʻlgan. Foydalanuvchi reklama uchun noma'lum shaxsdan ma'lum bir miqdorda mablagʻlar olib kelgan. Hozirda ushbu shaxsni aniqlashga qaratilgan tezkor-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«‘Shoqqi vines’ profilidagi Shuhratjon meni reklama uchun chaqirdilar. Men uning totalizator, qimorbozlik ekanidan xabarim yoʻq edi», — deydi aktrisalardan biri.
Oʻzbekistonda onlayn qimorni reklama qilgan blogerlar, vaynerlarga nisbatan tekshiruv boshlangan
Foto: Kadr/ «Oʻzbekiston 24»
Shuningdek, mashhur kulgi jamoalardan birining a'zosi ham qimor oʻyinlarini reklama qilgani holati aniqlangan.

«Reklama qilingan platformada ruletka va promokodlar nima ekanini bilmasdim. Barcha-barchadan uzr soʻrayman va bunday videolar qaytib qoʻymaslikka soʻz beraman», — deydi aktyor.
Oʻzbekistonda onlayn qimorni reklama qilgan blogerlar, vaynerlarga nisbatan tekshiruv boshlangan
Foto: Kadr/ «Oʻzbekiston 24»
Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.