Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan yana bir xonadon aniqlandi

Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan yana bir xonadon aniqlandi
Foto: G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan xonadonlardan birida muntazam ravishda eshak so‘yilayotgani va mas’ullar bu holatga ko‘z yumib kelayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, G‘uzor tumani hokimi, sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari Eshonquduq mahallasi Abduhamid qishlog‘ida eshak so‘yish bilan shug‘ullangan N.R.ning xonadonda bo‘lishgan.
Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan yana bir xonadon aniqlandi
Foto: G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmati
Mas’ullar N.R.ning qo‘shnilari bilan birma-bir suhbatlashganda ular ayolning yashash xonadonida eshak so‘yilayotgani va u yerdan chiqayotgan badbo‘y hiddan norozi ekanliklarini bildirishgan.
Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan yana bir xonadon aniqlandi
Foto: G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmati
Shundan so‘ng vaziyat mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilingan. Holat yuzasidan hududga mas’ul bo‘lgan ichki ishlar bo‘limi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va xotin-qizlar faoliga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

«O‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasiga ko‘ra, mazkur holat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi», deyiladi munosabatda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.