O‘zbekistonda birinchi marta yer xususiylashtirildi

O‘zbekistonda birinchi marta yer xususiylashtirildi
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Bu uchun O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari agentlikning «Yerxususiylashtirish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.

Odamlarga doimiy foydalanish, ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun arizalar kelib tushishi boshlangan.

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, «Yog‘ bozori» MFY, O. Mahmudov ko‘chasi, 27-uyda yashovchi fuqaro Ramz Muhamadiyevga eng birinchi davlat orderi rasmiylashtirildi.

Bu order o‘ziga meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilish huquqi asosida unga tegishli bo‘lgan 271 kv/ m yer maydoniga mulk huquqini beradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.