Sirdaryodagi xonadonlarning birida o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlandi

Sirdaryodagi xonadonlarning birida o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlandi
Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi fuqaroning uyida noqonuniy ravishda o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlandi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Yangiyer shahar IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilib, fuqaro Q.T. ning (1988 yilda tug‘ilgan) hovlisi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv natijasida uning molxonasida 10 dona noqonuniy o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.