Toshkentda YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan avtomobil salonidan qurol topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
2022 yil 14 avgust kuni soat 22:00 larda, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, 1986 yilda tug‘ilgan D.R. boshqaruvida bo‘lgan \"Lacetti\" rusumli avtomobil to‘xtatildi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtomobil xolislar va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, old o‘ng tomon o‘rindiq ostki qismidan pnevmatik to‘pponcha, shuningdek, uning o‘qlari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Qayd etilishicha, haydovchi D.R. hamda aniqlangan pnevmatik to‘pponcha va o‘qlari Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!2022 yil 14 avgust kuni soat 22:00 larda, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, 1986 yilda tug‘ilgan D.R. boshqaruvida bo‘lgan \"Lacetti\" rusumli avtomobil to‘xtatildi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtomobil xolislar va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, old o‘ng tomon o‘rindiq ostki qismidan pnevmatik to‘pponcha, shuningdek, uning o‘qlari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Qayd etilishicha, haydovchi D.R. hamda aniqlangan pnevmatik to‘pponcha va o‘qlari Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













