Shavkat Mirziyoyev Ukraina xalqini mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va ukrain xalqiga mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
\"Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Janobi Oliylariga
Hurmatli Vladimir Aleksandrovich!
Ukrainaning milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizni va butun mamlakatingiz xalqini samimiy tabriklayman.
Bu oyda biz ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana – diplomatik aloqalar o‘rnatilganining qutlug‘ 30 yilligini nishonlayotganimizni ham mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.
Hech shubhasiz, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan kelgusida ham rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizga omadlar, do‘st ukraina xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman\" deyiladi Shavkat Mirziyoyevning tabrigida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Janobi Oliylariga
Hurmatli Vladimir Aleksandrovich!
Ukrainaning milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan Sizni va butun mamlakatingiz xalqini samimiy tabriklayman.
Bu oyda biz ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana – diplomatik aloqalar o‘rnatilganining qutlug‘ 30 yilligini nishonlayotganimizni ham mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman.
Hech shubhasiz, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan kelgusida ham rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizga omadlar, do‘st ukraina xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman\" deyiladi Shavkat Mirziyoyevning tabrigida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













