Navoiyda behayo qiliqlar qilib raqsga tushgan qizlarning ota-onalari jazolandi

Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi qizlar ta’lim dargohida behayo qiliqlar qilib raqsga tushgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 21 sentyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumani kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan.
«Unda 2 nafar o‘quvchi qiz kasb-hunar maktabining faollar zalida tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘zbekona urf-odatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan raqsga tushib, ushbu harakatlarni tasvirga olishgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishgan. Ushbu holatlar mutasaddi rahbarlar hamda voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ularning ta’lim-tarbiyasiga oid qat’iy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modda 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda jarimaga tortildi», deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi qizlar ta’lim dargohida behayo qiliqlar qilib raqsga tushgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 21 sentyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumani kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan.
«Unda 2 nafar o‘quvchi qiz kasb-hunar maktabining faollar zalida tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘zbekona urf-odatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan raqsga tushib, ushbu harakatlarni tasvirga olishgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishgan. Ushbu holatlar mutasaddi rahbarlar hamda voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ularning ta’lim-tarbiyasiga oid qat’iy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modda 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda jarimaga tortildi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













