Bank xodimi firibgar bo‘lib chiqdi

Bank xodimi firibgar bo‘lib chiqdi
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi1989 y.t., fuqaro A.J. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan jami 8.300.000 so‘m pullarini yechib olganligini va aybdor shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgar Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanidagi tijorat banklaridan birida menejer lavozimida ishlovchi 1995 y.t., A.B. ekanligi aniqlangan.

A.B. o‘z mansabidan foydalanib, fuqaro A.J.ning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritgan va o‘zlashtirilgan pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

A.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.