Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Sammit asosiy tadbirlaridan keyin, turkiy davlatlar yetakchilari Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Ne-ne tarixiy voqealarga guvoh bo‘lgan muhtasham Registon maydonida turib, turkiy dunyo sivilizatsiyasining yangi bosqichiga ramziy ma’noda qadam qo‘ymoqdamiz. Ulug‘ ajdodlarimizga xos bo‘lgan azaliy an’analarni davom ettirgan holda, yana bir xayrli tashabbusni boshlamoqdamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi
Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi
Daraxt ekish millatlar qadriyati, bugungi mushtarak intilishlar timsoli ekani ta’kidlandi.

Bu ishlarning barchasi turkiy xalqlar umumiy taraqqiyoti va farovonligi sari mushtarak intilishlarimizning yaqqol timsoli, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz bugun turkiy dunyo hurmatli yetakchilarining ushbu tabarruk zaminga o‘z qo‘llari bilan ko‘chat ekayotganlarini yuksak qadrlaymiz. Zero, bu nihollar – hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlaydi, – dedi davlat rahbari.
Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi
Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya yetakchilari majmua bog‘iga ko‘chatlar ekdi.
Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi
Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi
Marosim ushbu davlatlar poytaxtlari va mamlakat hududlarida videoaloqa orqali ko‘rsatildi. U yerlarda ham minglab ko‘chatlar ekildi. Shu tariqa, daraxtzorlarni ko‘paytirish harakati xalqaro miqyos kasb etdi.
Turkiy tashkilot sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi
Turkiy davlatlar yetakchilari birgalikda suratga tushdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.