Sobiq iqtisodchi katta pora bilan qo‘lga olindi

Sobiq iqtisodchi katta pora bilan qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzurida Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, tuman xalq ta’limi bo‘limi sobiq iqtisodchisi G.A. va boshqalar 2020-2021 yillarda bosh hisobchi lavozimida ishlagan B.M., M.N.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni qoplab berish evaziga 4 nafar fuqaroning jami 65 000 AQSH dollari va 240 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.