Sharmandali suratlarni tarqatmaslik uchun qizdan pul talab qilgan shaxs qo‘lga tushdi

Sharmandali suratlarni tarqatmaslik uchun qizdan pul talab qilgan shaxs qo‘lga tushdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi, fuqaro Ye.A. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali noma’lum profil egasi uning rasmlarini o‘ziga jo‘natib, 5.000.000 so‘m miqdorida pul talab qilganligini, agar ushbu pullarni bermasa ijtimoiy tarmoqlarga suratlarni tarqatib yuborishini aytib qizni qo‘rqitganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik qilib pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs, Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, 1985 y.t., R.S. ekanligi aniqlangan.

R.S. pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

R.S. ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.