Surxondaryoda qurilish mollari do‘konlari yonib ketdi (video)

Surxondaryoda qurilish mollari do‘konlari yonib ketdi (video)
Skrin: Telegram
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 10 fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 15:32 da “Sherboy Shaxzod” MCHJga qarashli 3 ta qurilish materiallari savdo do‘konlarining 75 kvadrat/metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:36 da yetib borib, soat 16:10 da batamom o‘chirilgan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida 800 kvadrat/metr joy saqlab qolingan. Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va tegishli mas’ullar yetib borgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.