Surxondaryoda milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi

Surxondaryoda milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi

Surxondaryo viloyati Denov tumani “Qorabog‘” mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdimo‘minov tomonidan ariq qazish jarayonida sopol xum topildi, deb xabar berdi Madaniy meros agentligi.

Bahrom Abdimo‘minov katta hajmli sopol xum topgani to‘g‘risida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar qilgan.

Xumning tarixiylik ahamiyatini o‘rganish va restavratsiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelingan.

Surxondaryoda milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topildi

© O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.