Samarqandda Nexia-3 yangi qurilayotgan binoning yerto‘lasiga tushib ketdi

Samarqandda Nexia-3 yangi qurilayotgan binoning yerto‘lasiga tushib ketdi

Samarqand shahrida 7 mart kuni Nexia-3 yangi qurilayotgan binoning yerto‘lasiga tushib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 21:40 da Sadriddin Ayniy ko‘chasida harakatlanayotgan Nexia-3 boshqaruvi yo‘qotilishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonida qurilish ishlari olib borilayotgan binoning yerto‘lasiga tushib ketib harakatdan to‘xtagan.

Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi yengil tan jarohat olgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilib haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishga ruxsat berilgan. Holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.