Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi muhandisi ushlandi

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi muhandisi ushlandi
Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi muhandisi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
 
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi muhandisi S.B. fuqaro A.Ch.ning xonadonidagi elektr energiyasiga noqonuniy ulanganligi holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik hamda mavjud qarzdorligini yo‘q qilib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.