O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
 
Hujjat O‘zbekistonda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘rnatilgan standartlarga moslashtirish maqsadida qabul qilingan.
 
Qarorda Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A.Azizov) bilan birgalikda maxsus ishchi guruhni tashkil qilgan holda 2023 yil yakuniga qadar ilg‘or xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.