MIB Andijonda 1230  nafar shaxslarning buzilgan huquqlarini tikladi

MIB Andijonda 1230  nafar shaxslarning buzilgan huquqlarini tikladi
MIB Andijonda 1230  nafar shaxslarning buzilgan huquqlarini tikladi
Joriy yilning 18 aprel kuni “Digital city\" texnoparkida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasining  2023 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i O.Salmanov  sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish borasida amalga oshirilgan haqida batafsil so‘z yuritdi.
 
Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan  jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi va  hal bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi.
 
Joriy yilning 3 oyi davomida ko‘rib chiqilgan jami 3 199 ta murojaatlarning 1 285 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, 1 911 tasiga tushuntirish berilgan, 10 tasi hal qilish uchun boshqa muassasalarga yuborilgan.
 
Ushbu yo‘nalishda 20 ta sayyor va 1 432 ta shaxsiy qabullar tashkil etilib, 1230  nafar shaxslarning huquqlari tiklangan.
 
Murojaatlarni ijobiy hal qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga jami 435 mln. so‘m mablag‘lari undirib berilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.