Fuqaro foydasiga salkam 370 mln. so‘m undirib berildi


Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor Sh.Kadirov hamda solidar tartibda javobgar K.Xamidovdan undiruvchi fuqaro D.Musayevning foydasiga jami 368 mln. 732 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud edi.
Dastlab, qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi S.Jurayev tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, qarzdor fuqaro Sh.Kadirovdan 368 mln. 732 ming so‘m qarzdorlik undiruvchi fuqaro foydasiga to‘liq undirilib berildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













