Fuqarolarga 423 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirildi

Fuqarolarga 423 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirildi
Fuqarolarga 423 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 19.04.2023 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor «HUMANS» MCHJdan undiruvchi A.Axmedov foydasiga 132 mln. 271 ming so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 25.04.2023 yilda Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 14.04.2023 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor «HUMANS» MCHJdan undiruvchi I.Mazurenko foydasiga 290 mln. 746 ming so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor korxonadan undiruvchi A.Axmedov foydasiga 132 mln. 271  ming so‘m hamda I.Mazurenko foydasiga 290 mln. 746 ming so‘m ish haqlari to‘liq undirib berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.