Prezidentlik saylovida ovoz berish yakunlandi

Prezidentlik saylovida ovoz berish yakunlandi

O‘zbekistonda muddatidan ilgari Prezident saylovi bo‘yicha mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkalarida soat 20:00 da ovoz berish yakunlandi.

Faqatgina O‘zbekistonning Yevropadagi ayrim davlatlar va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vakolatxonalari huzurida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Oxirgi uchastka 10-iyul Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQSHda yopiladi.

Chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz soni hamda saylovning dastlabki natijalari ertaga e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 17:00 holatiga 13 mln 459 ming 677 nafar fuqaro yoki umumiy ovoz beruvchilarning 69,85 foizi saylovda ovoz berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.