Toshkent metropoliteni Hayit munosabati bilan 6 iyul kuni 3:30 dan ish boshlaydi


Toshkent metropoliteni Hayit munosabati bilan 6 iyul, chorshanba kuni ishni 3:30 dan boshlaydi. Bu haqda metropoliten bekatlarida ovozli e’lon orqali shahar aholisiga ma’lum qilinmoqda.
«Hamid Olimjon» bekati xizmatchilarining «Daryo» nashriga ma’lum qilishicha, har bir vagon oralig‘ida interval 10 daqiqani tashkil etadi.
Hayit ayyomi bilan ish vaqti erta boshlanishiga qaramay, metropolitenning ish rejimi o‘zgarmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi masjidlarda Hayit namozi 2016 yil 6 iyul, chorshanba kuni tong soat 05:15 da o‘qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













