Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Davlatimiz rahbarining belgilab bergan vazifalari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-17 avgust kunlari Toshkent shahrida “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Malaka oshirish kursida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ilg‘or pedagoglar va metodistlar hududiy trenerlar sifatida ta’lim olishmoqda. Aynan ular joylarda o‘qituvchilarni zamonaviy usullar bo‘yicha kaskad usulida tayyorlashlari kerak bo‘ladi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

To‘rt kunlik kurs davomida darslik mualliflari va ilg‘or amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan hududiy trenerlarga boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar natijalarini baholash, bunda fanlararo integratsiyani ta’minlash kabi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Ta’kidlash joizki, yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda «4K» modelini (kritik fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

Ushbu kurs Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.