Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq

Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq
Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq

O‘zbekistonlik haydovchilarning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi eng yirik hamjamiyatlari 17 iyul, yakshanba kuni Chorvoqda katta tirbandliklar yuzaga kelgani haqidagi fotoxabarlarga to‘lib toshdi, deb xabar bermoqda \"Daryo\" nashri.
Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq

Bunday tirbandliklar nima sababdan yuz bergani noma’lum. Ba’zi foydalanuvchilarning qayd etishicha, «Piramida» majmuasiga kirishda katta navbat yuzaga kelgan.
Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq

Boshqalarning fikricha, Toshkentning aksariyat aholisi bir vaqtda dam olgani tabiat qo‘yniga yo‘l olgani shunday holatga yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. «Shaharda bugun avtomobillar siyrak», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq

Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq

Aksariyat foydalanuvchilar tirbandikda turgan avtomobillarning tartibsizligini tanqid ostiga olgan. Ayni vaqtda, «tog‘da soatlab tirbandlikda turgandan ko‘ra, shahardagi maxsus hovuzlarda dam olgan yaxshi» qabilida fikr bildirganlar ham talaygina.
Foto: Tirbandlikda qolgan Chorvoq

«10 yil avval birov ‘Chorvoqqa ketaverishda katta tirbandlik bo‘ldi’, desa, hamma hayron qolardi. Hozir esa dam olish kunlari bunday manzara odatiy hol bo‘lib qoldi», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.