Homilador ayol samolyotda qiz farzandni dunyoga keltirdi

Homilador ayol samolyotda qiz farzandni dunyoga keltirdi
Homilador ayol samolyotda qiz farzandni dunyoga keltirdi

Pegas Fly aviakompaniyasiga qarashli samolyotda Xabarovsk shahridan uch kishi bo‘lib Tailandga yo‘l olgan oila manzilga to‘rt kishi bo‘lib etib kelgan.

Gap shundaki, Pxuket shahriga yo‘l olgan samolyot bortida homilador ayol qiz farzandni dunyoga keltirgan, deya xabar beradi RIA Novosti aviakompaniya vakili Aleksey Fraymovich so‘zlariga asoslanib.

– Xabarovskdan Pxuketga yo‘l olgan aviakompaniya samolyoti homilador ayolning to‘lg‘oq tutishi natijasida Xanoyga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ayol samolyot bortida qiz farzandni dunyoga keltirdi. Oila a’zolari Xabarovskda uch kishi edi, Vetnamga kelib to‘rt kishi bo‘ldi. Ona va bola Xanoydagi xalqaro gospitalga yotqizilgan, oilaning qolgan a’zolari ham Vetnamda\", — deydi Fraymovich.

Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot Xanoyda zapravka qilib, turistlarni Pxuketga etkazgan. Samolyot esa hozirda Xabarovskga qaytib kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.