Yangiyo‘lda taniqli tovar belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Yangiyo‘lda taniqli tovar belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.X. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, inson hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan kir yuvish kukunlarini “Mif”, “Ariyel”, “Tide”, “Persil” va “Ushastiy nyan” nomli tovar belgilaridan foydalangan holda qoplarga qadoqlab ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yangiyo‘lda taniqli tovar belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiyo‘lda taniqli tovar belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.