Piyodalar Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlarida xatolikni payqashdi

Piyodalar Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlarida xatolikni payqashdi
Piyodalar Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlarida xatolikni payqashdi

Siz ko‘rib turgan surat ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhida tarqaldi. Suratni tarmoqqa joylashtirayotgan foydalanuvchi unga nisbatan izoh qoldirar ekan, “Muqimiy ko‘chasi. Piyodalar o‘tish yo‘li. Qaerdan o‘tish mumkin?”, degan savol murojaat qildi. Ayni damda guruhda mazkur surat ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozmoqda “Qalampir.uz” nashri.

Gap shundaki, foydalanuvchi o‘zi joylashtirgan surat va izoh orqali piyodalar uchun ajratilgan yo‘lak va avtomobillar qatnaydigan yo‘l o‘rtasiga temir to‘siqlar o‘rnatilgani, mashinalar qatnov qismiga esa piyodalar o‘tishi uchun yotiq chiziqlar chizilganiniga ishora qilib, bu holatga nisbatan izoh so‘ragan.

Haqiqatan ham, piyodalar o‘tish yo‘li bor, biroq ular yana o‘z joyini egallashi, ya’ni piyodalarga ajratilgan yo‘lakka o‘tib olishlari ochiq joy qoldirilmagan. Qiziq, piyodalar o‘zlariga belgilangan yo‘lakka o‘tish uchun to‘siqlardan sakrashlari kerakmi? Nahot, quruvchilar va mas’ul tashkilotlar buni payqamagan bo‘lsa?

Suratga o‘z izohini yozib qoldirayotganlar shahar ko‘chalarida bunday piyodalar uchun yaratilgan bu kabi \"sharoit\"larni juda ko‘p uchratish mumkinligini aytishmoqda.

Ish bor joyda kamchilik bo‘lishi turgan gap. Umid qilamizki, tez orada suratda tasvirlangan holatning echimi topiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.