AQSh telekanallaridan birining jonli efiri vaqtida sigirlar bilan bog‘liq g‘aroyib voqea yuz berdi

AQSh telekanallaridan birining jonli efiri vaqtida sigirlar bilan bog‘liq g‘aroyib voqea yuz berdi
AQSh telekanallaridan birining jonli efiri vaqtida sigirlar bilan bog‘liq g‘aroyib voqea yuz berdi

AQShda o‘spirin bolalardan biri mahalliy telekanalga intervyu berish jarayonida qiziq voqea yuz berdi. Ayni jonli efir vaqtida u bilan tengdosh boshqa bir bola ikki sigir o‘rtasida tiqilib qoldi. Ushbu videoga Daily Mail nashri e’tiborini qaratdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Qo‘lida ichimlik bo‘lgan bola ikki sigir yoniga yaqinlashadi va ularning orasiga kirib oladi. Oradan ozgina soniyalar o‘tgach, sigirlar bir-biriga jips turib olishadi. Bola esa ularning orasida qolib ketadi.

Bola vahimaga tushadi va yig‘lamsirab qoladi: sir boy bermay, sigirlar orasidan chiqib olishga intiladi. Unga ferma yordamchilaridan biri ko‘maklashadi.
[media=https://youtu.be/4qVA81Q00jA]
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.