Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi

Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Kadr: Telegram
Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20 aprel kuni soat 18:40 larda Yangi Namangan tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchi 17 yoshli yigit tog‘asining Lacetti\'sida harakatlanganda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan yigit yo‘lning chap tomonida turgan, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi, Namangan muhandislik-qurilish institutining ikki nafar talabasini urib yuborgan.

Jabrlanuvchilardan biri shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi esa yengil jarohat olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.