O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari rahbarlari chegaradagi vaziyatni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari rahbarlari chegaradagi vaziyatni muhokama qilishdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari rahbarlari chegaradagi vaziyatni muhokama qilishdi

Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar bergan, deyiladi \"Kun\" nashrida.

\"Uchrashuv 3 sentyabr kuni Qirg‘iziston bosh vazirining O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning dafn marosimiga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi\", deyilgan xabarda.

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev nomidan ta’ziya bildirgan. U O‘zbekistonning birinchi prezidentining mamlakatning mustaqillikka erishishi, xalqaro mavqeinining mustahkamlanishi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutganini e’tirof etgan.

O‘z navbatida Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston hukumati rahbariga og‘ir kunda qo‘llab-quvvatlab turgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Uchrashuv chog‘ida hukumat rahbarlari savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jalik sohasi, transport infratuzilmasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, uchrashuvda chegara hududidagi vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.