Avtomobil dori qutichasidagi dorilar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilyapti

Avtomobil dori qutichasidagi dorilar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilyapti
Sog‘liqni saqlash vazirining 2011 yildagi «Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun transport vositasining salonida bo‘lishi shart bo‘lgan zarur tibbiy ashyolar ro‘yhatini to‘g‘risida»gi buyrug‘iga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, avtomobil salonida saqlanadigan dori qutichasidagi dorilar ro‘yxatiga ham o‘zgartirish kiritilyapti. Ya’ni tegishli buyruq loyihasi bilan mazkur ro‘yxatdan «Ammiak-10 foizli eritmasi» (nashatir spirti) chiqarilmoqda.

«Sababi, mazkur dori vositasining saqlash harorati +25 daraja etib belgilangan bo‘lib, iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ushbu dori vositasini ko‘pgina davlatlarda avtomobil salonida olib yurish taqiqlangan», – deyiladi hujjat matnida.

Ma’lumot uchun. avtomobil salonida bo‘lishi kerak bo‘lgan tibbiy ashyolar ro‘yxati quyidagi rasmda.
Avtomobil dori qutichasidagi dorilar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritilyapti
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.