Elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi

Elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
10 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida energosamaradorlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Rasmiy relizda aytilishicha, O‘zbekistonda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetgan. Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu munosabat bilan yig‘ilishda davlat rahbari elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi
Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.

Shuningdek, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.