Rossiyadan kelgan fuqaro aeroportdan to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Rossiyadan kelgan fuqaro aeroportdan to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Foto: “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiyada Toshkentga uchib kelgan fuqaro aeroportdan pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21 avgust kuni soat 21:05 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli yo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun mo‘ljallangan 290 dona shariklar (zoldir) borligi aniqlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.