Germaniya kansleri Samarqandga yetib keldi

Germaniya kansleri Samarqandga yetib keldi
Foto: O‘zA
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya kansleri Olaf Shols Samarqandga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Samarqand shahri aeroportida Germaniya hukumati rahbarini O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Germaniya kansleri Samarqandga yetib keldi
Foto: O‘zA
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Germaniya kansleri Samarqandga yetib keldi
Foto: O‘zA
Sammitning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi Kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar va ikki mamlakat yetakchilarining ishbilarmonlar bilan uchrashuvi o‘tkazilishi, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.