Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi

Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi.

Mamlakatimizning asosiy timsollaridan biri, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining ifodasi – dunyoga mashhur Registon maydoni YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ansamblga kiruvchi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining salobati, boy tarixi va betakror arxitekturasi bilan barchada chuqur taassurot qoldiradi.
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Oliy martabali mehmonga Sharq me’morchiligining ushbu durdonasi qurilishiga oid tarixiy ma’lumotlar, yechimlar va bezaklarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, bu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida ma’lumot berildi.
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Suhbat davomida jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri sifatida haqli ravishda e’tirof etilgan Samarqand shahri bugungi kunda bugungi kunda ishbilarmonlik va sayyohlik markaziga aylanib borayotgani ta’kidlandi.
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Registon ansambli oldida birgalikda suratga tushdilar.
Germaniya kansleri Registon ansambli bilan tanishdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.