Namanganda mashina «bagaji» ustida oʻtirib harakatlangan yigit vafot etdi

Namanganda mashina «bagaji» ustida oʻtirib harakatlangan yigit vafot etdi
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida mashina yukxonasida oʻtirib harakatlangan 21 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2 oktyabr kuni soat 16:00 larda tumanning Bogʻibaland koʻchasidagi ichki yoʻllardan birida sodir boʻlgan. 21 yoshli yigit “VAZ-210” avtomashinasi yukxonasi ustiga doʻstini oʻtqazib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.

Yukxonadagi yigit (2013 yilda tugʻilgan) erga yiqilib, turli tan jarohatlari olgan. U shifoxonaga yotqizilib, tibbiy muolajalar koʻrsatilganiga qaramay, 12 oktyabr kuni vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.