Sasha Grauman YuNISEF vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi

Sasha Grauman YuNISEF vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi
Sasha Grauman YuNISEF vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi

TIV rahbari Abdulaziz Kamilov YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbarini qabul qildi.
12 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) mamlakatimizdagi Vakolatxonasining yangi rahbari Sasha Graumanni qabul qildi, xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Sasha Grauman o‘zining O‘zbekistonga tayinlanishi to‘g‘risidagi YuNISEF Ijrochi direktori Entoni Leykning xatini Vazirga topshirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida 15 aprelda imzolangan 2016 2020-yillarda YuNISEFning Mamlakatimizga oid hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekanligi bildirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.