Buxoroda choʻkayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi

Buxoroda choʻkayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi
Kecha, 27 dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani «Afrosiyob» MFY Shifokorlar koʻchasidan oqib oʻtuvchi «Hayrabot» kanalida odam choʻkayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FV boʻlimi qutqaruvchilari etib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli fuqaroni (ayol) suvdan qutqarib olgan.
Buxoroda choʻkayotgan 16 yoshli qiz qutqarildi
Shundan soʻng, tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam boʻlimiga etkazgan. Hozirgi vaqtda uning ahvoli yaxshi holda boʻlib, shifokorlar nazoratida, deyiladi FVV xabarida.

Rasmiy xabarda qizning kanalga qanday tushib ketgani haqida ma'lumot berilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.