Andijon viloyatidagi savdo doʻkonida yirik yongʻin sodir boʻldi

Andijon viloyatidagi savdo doʻkonida yirik yongʻin sodir boʻldi
Joriy yilning 5 yanvar kuni Shahrixon tumani Amir Temur koʻchasida joylashgan maishiy savdo doʻkonida yongʻin sodir boʻldi.

Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgach, soat 23:00 da aytilgan manzilga oʻt oʻchirish mashinalari etib borgan va soat 23:45 da sodir boʻlgan yongʻin batamom oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida savdo doʻkonining 300 m.kv maydonida shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlangan.

Ushbu yongʻin natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan. Hozirda mazkur yongʻinning sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.