Buxoro viloyatida zilzila sodir boʻldi

Buxoro viloyatida zilzila sodir boʻldi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, 14 yanvar kuni Oʻzbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 05:43 da zilzila sodir boʻldi.

Epitsentr: Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani.

Zilzila koordinatalari: 40,28 gradus shimoliy kenglik; 63,07 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 529 km janubi-gʻarbda.

Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

Peshku tumanida 2 ball, 44 km;
Qorakoʻl tumanida 2 ball, 56 km.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.