Tezkor xabar! Toshkent shahrida hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan ushlandi (video)

Tezkor xabar! Toshkent shahrida hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan ushlandi (video)
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi mahallalaridan birining hokim yordamchisi qoʻlga olindi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Ma\'lum qilinishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo doʻkoni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 kvadrat metr er maydonini autsion savdolarida yutib, nomiga rasmiylashtirib berishni va\'da qilgan. U buning evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Ushbu shaxs muqaddam ham Jinoyat Kodeksining 167, 168, 205 va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan boʻlgan.

Hozirda hokim yordamichisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.