Toshkentda "GAZ-32221" avtomashinasi 32 yoshli piyodani urib yubordi

Toshkentda "GAZ-32221" avtomashinasi 32 yoshli piyodani urib yubordi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida 21 yanvar kuni soat 09:40 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, haydovchi 1965 yilda tugʻilgan O.S. GAZ-32221 avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻlning belgilanmagan joyidan kesib oʻtayotgan piyoda 1993 yilda tugʻilgan D.T.ni urib yuborgan.

Soʻngra rul boshqaruvini yoʻqotib, haydovchi 1990 yilda tugʻilgan Z.Z. boshqaruvidagi BYD avtomashinasiga toʻqnashgan. Toʻqnashuv zarbidan soʻng BYD haydovchi 1954 yilda tugʻilgan R.T. boshqaruvidagi Matiz avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlishiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.