Rossiyada qurilishda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

Rossiyada qurilishda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
Rossiyada qurilishda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi

Rossiyada qurilish maydonida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda 78RU.

Hodisa Sankt-Peterburgning Moskva tumanidagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik migrant qoliplarni demontaj qilish jarayonida 3,5 metrdan balandlikdan yiqilib ketgan va voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga ishchining mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlandi. Hodisani Rossiya Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspektsiyasi nazoratga oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.