Namanganda 10-sinf o‘quvchisi 4-sinf bolani avtomobilda bosib ketdi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 10-sinf o‘quvchisi otasining Cobalt rusumli mashinasida rulga o‘tirib, o‘zi o‘qiydigan maktabning 4-sinf o‘quvchisini urib yubordi, deb nova24.uz xabar berdi.
Jabrlangan bola shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar uni saqlab qola olmadi.
Haydovchi bolaning otasi hodisa vaqtida Rossiyada, onasi esa uyda yo‘q edi. Voyaga yetmagan haydovchiga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi asosida jinoyat ishi ochildi. Unga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jabrlangan bola shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlar uni saqlab qola olmadi.
Haydovchi bolaning otasi hodisa vaqtida Rossiyada, onasi esa uyda yo‘q edi. Voyaga yetmagan haydovchiga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi asosida jinoyat ishi ochildi. Unga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













