YPXdan qochib, o‘nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlandi (video)

YPXdan qochib, o‘nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlandi (video)
Toshkentda YPXdan qochib, o‘nlab mashinalarni urib ketgan Gentra haydovchisi ushlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 19 aprel kuni tonggi soat 7:30 larda Chilonzor tumanidagi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektori YTH sodir etib, voqea joyidan yashirinishga uringan Lacetti\'ga to‘xtash ishorasini bergan.

U to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, 2 ta Damas\'ga texnik shikast yetkazgan holda qochishga uringan. O‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan yana bir nechta avtomashinaga shikast yetkazgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida mashina to‘xtatilib, haydovchi va yo‘lovchilar tekshirilganda noma’lum moddalar borligi aniqlangan. Haydovchi mashinani narkotik modda ta’sirida boshqargan. Ayol qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi.

Hozirda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi ushlangan. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.