Toshkentda yo‘l o‘rtasida MAN yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda yo‘l o‘rtasida MAN yuk mashinasi yonib ketdi
1-iyun kuni Toshkent shahrida MAN rusumidagi yuk mashinasi yo‘l o‘rtasida yonib ketdi, deb Nova24.uz xabar berdi.

Poytaxt FVB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hodisa soat 11:31 da Almazor tumanidagi Toshkent halqa yo‘lida yuz bergan. MAN yuk avtomobilida yong‘in chiqqani haqida xabar tushganidan so‘ng, soat 11:35 da yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 11:39 da to‘liq bartaraf etilgan.

Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.