Surxondaryoda Damas skuter bilan to‘qnashdi — 17 yoshli yigit vafot etdi

Surxondaryoda Damas skuter bilan to‘qnashdi — 17 yoshli yigit vafot etdi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 11-sinf o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi, deb gazeta.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025-yil 6-iyun kuni soat 01:30 lar atrofida Bog‘ishamol mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi chorrahada chapga burilmoqchi bo‘lgan va qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan skuter bilan to‘qnashgan. Skuterni 17 yoshli yigit — 11-sinf o‘quvchisi boshqargan.

To‘qnashuv oqibatida yigit son suyagi sinishi, bosh miya yopiq jarohatlari va boshqa tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Yo‘l-transport hodisasidan so‘ng Damas avtomobili tegishli bo‘lgan korxonada tushuntirish ishlari olib borilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.