Jizzaxda sifatsiz benzin sotgan AZSlarga jarima belgilandi

Jizzax viloyati Uzenergoinspeksiyasi xodimlari tomonidan avtomobil yoqilg‘i quyish stansiyalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida Zomin tumanida joylashgan \"A.B.O.\" MCHJga qarashli AZS faoliyati tekshirildi. Mutaxassislar benzin AI-80 namunalarini olib, laboratoriyaga ekspertizaga yubordilar.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, mazkur AZSda sotilgan benzin davlat standarti talablariga javob bermaydigan sifatsiz mahsulot ekanligi aniqlandi. Shu asosda korxonaga 39,1 million so‘m miqdorida jarima solindi. Shuningdek, G\'allaorol tumanidagi \"M.P.S.\" MCHJga tegishli AZSda ham shunday qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Nefteproduktlarning sifatiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha barcha qonuniy talablar bajarilishi shartligi ta’kidlandi, deb xabar bermoqda Uzenergoinspeksiya matbuot xizmati.
Manba: upl.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ekspertiza natijalariga ko‘ra, mazkur AZSda sotilgan benzin davlat standarti talablariga javob bermaydigan sifatsiz mahsulot ekanligi aniqlandi. Shu asosda korxonaga 39,1 million so‘m miqdorida jarima solindi. Shuningdek, G\'allaorol tumanidagi \"M.P.S.\" MCHJga tegishli AZSda ham shunday qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Nefteproduktlarning sifatiga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha barcha qonuniy talablar bajarilishi shartligi ta’kidlandi, deb xabar bermoqda Uzenergoinspeksiya matbuot xizmati.
Manba: upl.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













