Farg'onada ko‘p xotinli erkak qamoqqa hukm qilindi

Farg'onada ko‘p xotinli erkak qamoqqa hukm qilindi
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ko‘p xotinli erkaklardan biri o‘z xotinlaridan birini doimiy ravishda kaltaklab kelgani uchun jazolandi. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2001-yilda tug‘ilgan erkak ikki ayol bilan bir xonadonda yashagan. O‘tgan yilning may oyida u xotinlaridan birini, homilador bo‘lganiga qaramay, kaltaklagan.

Natijada ayol o‘rta darajada tan jarohatlari olgan. Erkak dastlab 3,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi olgan.

Ammo joriy yilning sentabr oyida uning advokatlari sud qaroridan norozi bo‘lib, apellyatsiya kiritishdi. Himoyachilar jabrlangan ayol bilan yarashgani va unga yetkazilgan zarar qoplanishini ta'kidlab, jazoni yengillashtirishni so‘rashdi.

Sud holatlarni inobatga olib, jazoni 1,5 yil ozodlikdan mahrum qilishga o‘zgartirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.