Italiyada o‘smirlar halok bo‘lgan avtohalokat joyidan suratlar chop etildi

Italiyada o‘smirlar halok bo‘lgan avtohalokat joyidan suratlar chop etildi
Italiyada o‘smirlar halok bo‘lgan avtohalokat joyidan suratlar chop etildi

Italiya o‘t o‘chirish xizmati 16 kishi halok bo‘lgan yirik avtohalokat joyidan olingan ilk fotosuratlarni chop etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Verona yaqinidagi A4 shossesi bo‘ylab ketayotgan avtobus ko‘prik tayanchiga urilib, yonib ketgan. Suratlardan yong‘in o‘chirilishi vaqtida u to‘liq yonib bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ayni vaqtda shunisi ma’lumki, avtobusni Fransiya fuqarosi boshqargan. U halok bo‘lgan. Avtobusdagi ko‘pchilik yo‘lovchilarni 14-18 yoshdagi o‘smirlar tashkil qilgan, biroq ulardan qanchasi avtohalokatda jarblangani noma’lum, deb yozadi Kun.uz sayti.

Avtobus Fransiyadan Vengriyaga Italiya hududi orqali ketayotgan bo‘lgan.
Italiyada o‘smirlar halok bo‘lgan avtohalokat joyidan suratlar chop etildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.